Ishxona taomlari

Assalomu alaykum! Ayolim firma oshxonasida oshpaz yordamchisi bo‘lib ishlaydi, faqat tushlikga taom tayerlashadi va tushlikdan ko‘pincha ovqatlar ortib qoladi, shu taomlarni uyiga olib kelishga ruxsat bermaganman, faqat raxbarlardan ruxsat so‘rasang mayli degandim, lekin raxbarlar erkak va oldiga kirolmaydi, oshxonada katta oshpaz ayol bor shu ayoldan surab olib kelsam bo‘ladimi deb so‘radi. Nima deb javob bersam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ishga mas’ul odamdan so‘rash kerak. Katta oshpaz ayol rahbardan so‘rab izn olgan bo‘lsa, undan so‘rab olib kelsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar