Shayx xazratlarining kitoblarini olib sotayotganlar

Assalomu alaykum! Alxamdulillah bugungi kunda yurtimizda diniy ilm olishga intilish xar qachongidan ko‘ra kuchaydi. Shu bilan birga Shayx Hazratlari rahimahullohning kitoblariga bo‘lgan extiyoj xam oshdi. Ammo bundan o‘z manfaati yo‘lida foydalanayotganlar xam bor. Toshkentdagi Chorsu kitob do‘konlari va boshqa ko‘plab do‘konlar Shayx xazratlarining kitoblarini Hilolnashr do‘konlaridan yoki nashriyotning o‘zidan olib, birga-bir narx qo‘yib sotishmoqda. Alhamdulillah xar 3 kunda bir Shayx xazratlarining qaysidir kitobi qaytadan chop etilmoqda va Hilolnashr do‘konlariga etkazilmoqda. Lekin shu kitob 2 kun ichida bitta qolmay sotilib ketadi. Tushunarsiz sababga ko‘ra xamma kitob Chorsu kitob do‘konlarida yig‘ilib qolgan bo‘ladi. Eng qizig‘i shundaki bu kitoblar 2 barobar kimmat narxlangan bo‘ladi. Ularning qilayotgan ishlari to‘g‘rimi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa nega ularga xech kim indamayapti? Ular shaxsiy boyish yo‘lida musulmonlarning ilm olishlarini qiyinlashtirayapti? Iltimos bu  mavzuda maqola  yozib  Islom uz saytiga xamda telegramdagi kanalga joylashtirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ushbu masala haqida albatta alohida maqola yoziladi, inshaaaloh. Hozir esa savolingiz yuzasidan nashriyot xodimlari bergan ma’lumotni keltiramiz: Hiqaqatdan Siz atganday Chorsudagi kitob savdogarlari ba’zi talab yuqori bo‘lgan kitoblar narxini bir necha barobar oshirib sotishyapti. Ko‘pchilikka yaxshi ma’lumki, bizning do‘konlarda ushbu talab yuqori bo‘lgan kitoblarni bir kishiga bir donadan sotilmoqda. Bu orqali kitoblarni ko‘proq kitobxonlarga o‘z narxida etkazishga muvaffaq ham bo‘lyapmiz. Lekin ba’zi savdogarlar bir necha marta kelib yoki bir nechta odam kiritib kitoblarni olib ketayotgan hollari ham bor. Ular filiallarimizga ham qayta-qayta borib kitob olishadi. Bundan tashqari, do‘kondorlargina emas, balki oddiy xaridorlar ham kitoblarni o‘qish uchun emas, balki bizda tugagandan so‘ng qayta sotish uchun olib qo‘yishyapti. Nashriyot xodimlari Chorsudagi ko‘pchilik sotuvchilarga bunday qilmaslik kerakligini, narxlarni insof bilan qo‘yishni alohida ta’kidlash uchun bir necha marotaba uchrashishdi. Hozirda bir kitobni 3 borabordan ham oshiq narxda sotayotganlar ham uchrab turibdi. To‘g‘ri kitobga talab katta, hammaga etmayapti, lekin bu degani uni bemalol qimmatga sotish kerak degani emas. Shuningdek, kitobxonlarimizdan ham olibsotarlardan juda qimmat narx qo‘yilgan kitoblarni xarid qilmasliklarini iltimos qilardik. Kitoblarning asl narxini nashriyotning hilolnashr.uz sahifasidan bilib turish mumkin. Kelgusida ushbu kitoblar sonini bir necha barobar ko‘p adadda chiqarish rejalashtirilgan. Oldin har bir kitobning adadi 5000 donadan oshmas edi va ruxsat olish vaqti ham cho‘zilib ketar edi. Oxirgi bir necha oydan beri kitoblarga ruxsat juda tez beriladigan va adadi esa ancha ko‘p miqdorda beriladigan bo‘ldi. Ya’ni, hozirgi kunda «Islom tarixi» kitobi 10000 adadda, «Baxtiyor oila» kitobi 20000 adadda chop etilyapti. «Tafsiri Hilol» asarini ham 15000 adadda chop etishga ruxsat oldik. Bundan buyon kitoblar narxi keskin arzonlashib boradi degan umiddamiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 190 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar