Bidat xasana
Assalomu alaykum! Biati xasana xakida tushuncha berib kuyinglar iltimos. Unga nimalar kirishi mumkin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Bid’at” so‘zi lug‘atda “o‘xshashi bo‘lmagan yangi narsani paydo qilish, diniy aqidalarga kiritilgan o‘rinsiz isloh”, – degan ma’noni bildiradi. Istilohda esa Alloma Izziddin ibn Abdussalom shunday ta’riflaganlar:اَلْبِدْعَةُ فِعْلُ مَا لَمْ يُعْهَدْ فِي عَصْرِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ“Bid’at – Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning davrlarida bo‘lmagan narsani amalga oshirishdir” (“Qavoidul ahkom” kitobi).
Demak, ibodatlarda asri saodatda uchramagan, balki, keyinchalik dinda yangi paydo bo‘lgan amallar bid’at hisoblanar ekan. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:“عَليْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الخُلَفَاءِ الرَّاشِدِيْنَ المَهْدِيِّينَ، عَضُّوا عَلَيْها بالنَّوَاجِذِ، وَإيَّاكُمْ وَمُحْدَثاتِ الأُمُورِ، فإنَّ كُلَّ بِدْعَةٍ ضَلالَةٌ” (رَوَاهُ الإمام أَبُو دَاوُدَ وَالإمام التِّرْمِذِيُّ عَن العِرْبَاضِ بْنِ سَارِيَة).ya’ni: “Sizlar mening va to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi, hidoyat topgan xulafolarimning yo‘lini tutib, uni oziq tishlaringiz bilan tishlagandek, mahkam ushlanglar. Dinga yangiliklar kiritishdan saqlaninglar, albatta, har qanday bid’at – zalolatdir” (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).
Dinga yangilik kiritish, go‘yoki, Alloh va uning Rasuli bilmagan narsani “men topdim”, – degan da’vo qilishdir. Vaholanki, Islom — Alloh tomonidan yuborilgan mukammal va barkamol dindir. Biz musulmonlarning vazifamiz – dinimizning mohiyatini to‘g‘ri anglab etib, hayotimizga tatbiq qilish va turli bid’at-xurofotlarni paydo qilmaslikdir.
Ulamolarimiz bid’atni ikki qismga bo‘lganlar: bid’ati hasana (yaxshi bid’at) va bid’ati sayyia (yomon bid’at).
Bid’ati hasana – shariatda asli bo‘lgan amalni shu aslga tayanib, uni shakllantirish uchun joriy qilingan qo‘shimcha amallarga aytiladi. Bunga hazrati Umar raziyallohu anhuning ishlarini misol qilish mumkin. Sunnat amal bo‘lgan Taroveh namozini Rasululloh sallallohu alayhi vasallam jamoat bilan o‘qimas edilar. Hazrati Umar esa xalifalik davrlarida mazkur namozni imomga iqtido qilib, jamoat bilan o‘qishni joriy qildilar va: “Qanday yaxshi bid’at bo‘ldi”, – dedilar.
Shunga binoan diniy ilmlar o‘rgatish uchun alohida madrasalar qurish, kitoblar chop etish, masjidlarga gilam solish, Rasululloh sallohu alayhi vasallamni go‘zal siyratlarini targ‘ib qilish uchun mavlid o‘qish singari din asoslariga zid bo‘lmagan amallar bid’ati hasana bo‘ladi. Unga amal qilish joiz va u zalolatga boshlamaydi.
Bid’ati sayyia esa – shar’iy asosga ega bo‘lmagan biror amal yoki e’tiqodni joriy etishdir. Bunday bid’at ayni zalolat bo‘lib, uni shariatimizda rad etilgandir. Quyidagi hadisi sharif ham shunga dalolat qiladi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar:“مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ مِنْهُ فَهُوَ رَدٌّ” (رَوَاهُ الإمام البُخَارِيُّ وَالإمام مُسْلِمٌ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ).ya’ni: “Kim bizning dinimizda unda bo‘lmagan yangi narsani kiritsa, rad qilinadi” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Hofiz ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayh ushbu hadis sharhida bunday deydilar: “Bu – dinni soxtalashtirib, buzishdan asrovchi hadislar jumlasidan bo‘lib, muhim qoidani o‘z ichiga olgan. Ya’ni, dinga zid va dinning dalillari, qoidalariga xilof bo‘lgan har qanday bid’atni rad qilish lozim ekanligini ifodalaydi. Ammo dinga zid bo‘lmagan, shu bilan birga, uning asoslariga tayangan holda keyinchalik dinni himoyalash uchun joriy qilingan amallar rad etilmaydi” (“Fathul boriy sharhi sahihil Buxoriy” kitobi).
Hanafiy mazhabining muhaqqiq olmlaridan Mulla Ali Qori shunday deydilar:ومعنى الحديث : أن من أحدث في الإسلام رأياً لم يكن له من الكتاب والسنة سند ظاهر أو خفي ، ملفوظ أو مستنبط ، فهو مردود عليهya’ni: “…Hadisning ma’nosi, kim Islomda bir “fikr” o‘ylab topsa, unga Qur’ondan ham, sunnatdan ham, ochiq oydin yoki maxfiy, lafziy yoki mustanbat (ijtihod qilib topilgan) asos bo‘lmasa, u (fikr yoki amal) rad qilingandir” (“Mirqotul mafotih” kitobi).
Ulamolarimiz bid’ati hasana va bid’ati sayyia o‘rtasini ajratib olish uchun asosiy mezon bu – shariatimizning umumiy qoidalaridir, deganlar. Ya’ni, Payg‘ambar alayhissalom davrlarida kuzatilmagan biror bir amal ushbu shariat qoidalariga muvofiq kelsa, zalolatga boshlovchi bid’at sanalmaydi. Aksincha, maqtalgan, yaxshi bid’at sanaladi.
Demak, Payg‘ambarimiz alayhissalom davrilarida bo‘lmagan har bir amal ham yomon bid’at bo‘lavermaydi. Balki, shariatimizning umumiy qoidalariga zid bo‘lgan yoxud unga asoslanmagan har qanday amal yoki e’tiqod zalolatga boshlovchi bid’at sanaladi. Har bir musulmon aynan ushbu bid’atdan saqlanishi lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:09 | Savol-javoblar | 193 | Dolzarb savollar