Uy uchun to‘plagan puldan zakot

Assalomu alaykum! Men katta o‘g‘ilman uylanganman, 2 ta ukam bor kvartirada turamiz. Uy olish uchun pul yig‘yapman, uy bizaga juda zaril, shu yig‘ilgan puldan zakot beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nisobga etgan va etganiga bir yil bo‘lgan bo‘lsa, zakot berishingiz farzdir. Chunki siz shuncha mablag‘ egasi hisoblanasiz. Zakot berishdek farz ibodatini qilgach, Allohdan uni qabul qilishini va barakotini hayotingizda nmaoyon bo‘lishini so‘rang.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:15 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar