Dori chigandim kafforot vojibmi

Assalomu alaykum! Men ro‘zada saxarlikda niyat qilib ro‘za tutdim yarim soatcha vaqt o‘tgandan keyin bo‘ynim bilan elkam og‘rib hatto nafas olishga ham qiynalib ketdim og‘riq juda kuchli edi boshimni ham qimirlata olmadim. Og‘riq qolishi uchun og‘riq qoldiruvchi dori ichib yubordim so‘ng og‘riq qoldiruvchi ukol oldim yonboshga. Qayta niyat qilganim yo‘q doridan keyin iftorlikgacha boshqa narsa ham emadim. Odamlardan so‘rasam kafforot tutish kere deb aytishdi. Ramazon oyi tugagandan keyin 1kun hayit o‘tdi erta kuni ham o‘tdi uni ertasiga ro‘za tutdim. 3kun ro‘za tutdim kafforot ro‘zasini tutishni niyat qildim deb. Bugun saxarlikka uxlab qolibman. Ramazon oyidan boshqa oyda faqat bomdoddan oldin niyat qilib ro‘za tutilishi kerak deb eshtganman shuning uchun bugun niyat qilmadim. Men ro‘zami buzib dori ichganim uchun 60kun kafforot ro‘zasini tutishim kerakmi yoki u qazo ro‘za xisoblanadimi? 1kun uhlab qolganim uchun yana boshidan xisoblanadimi ro‘za tutsam? Men mukammal bilmaganimdan u xatoni qilib qoyganman. ro‘za tutishni boshlaganimga 3yil bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uxlab qoladigan kuningizdan bir kun oldin shomdan keyinroq ertaga ro‘za tutaman deb qo‘yishingiz kifoya qiladi. Saharlikka turishingiz ham shart emas. O‘sha niyatni qilib olib, saharlikkacha eb ichsangiz ham o‘sha niyatingiz kifoya qiladi. Og‘riq haqiqatan bo‘lgan bo‘lsa kafforat shart emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:48 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar