Birovni g‘oyasini haqini bermasa

Assalomu alaykum! Men bir ofisda ishlardim. Boshligim bilan kelishuvimiz bo‘yicha agar yangilik kilsam u meni moddiy rag‘batlantirishi kerak edi. Men o‘z vazifamni ortig‘i bilan bajardim va bu natijaga izlanishlarim sabab erishtim xech kim yordam bermadi. Keyin raxbarim kunlik maoshimga qo‘shimcha sifatida o‘zim erishgan natijami foydasini berdi. Ozgina vaktdan keyin esa vadasini buzdi va maoshimni eski xolatiga kaytardi bu orada meni yangiligim ancha foyda keltira boshladi. Men esa kassani xisobini(buni menga onam o‘rgatgan edi) o‘zgartirib qoshilayotgan summani chikarib oldim o‘zimga. Unga jazo tarikasida. Chunki kelishuvni u buzgan edi. Keyinchalik bu ishim uchun Alloh jazoladi va bizni xovlimizda kuchli shamol bolib faqat bizni tomimizni uchirib ketti va onamga bu kimmatga tushti. Menda esa kassamdan kamomat chikti katta summa. Uni to‘ladim. (Buni boshligim qilgan bo‘lishi mumkun)1) savolim shundaki men boshlig‘im oldida karzdormanmi. 2) O‘g‘irlik qilgan xisoblanamanmi. 3) Va gunox qilgan bo‘lsam xaqqini qanday uzay. Men gunoximni yuvish uchun boshka bir ishchiga men kiritgan yangilikni o‘rgatib kuydim. Va xozirda sobiq raxbar millionlab pul topyapti orkasidan. Kanday yol tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar sizni g‘oyangiz bilan ish bo‘lib, undan sizga haqqingizni bermayotgan bo‘lsa o‘g‘irlik qilmasdan ochiq-oydin aytish kerak edi. Agar bermasa sizni haqqingizni esa xavotir olmang hech qachon qolib ketmaydi.
1. Boshlig‘ingizdan so‘ramay olgan mablag‘ni qaytarishingiz kerak.
2. Ruxsatsiz olish o‘g‘irlik hisoblanadi.
3. O‘g‘irlik yo‘li bilan olgan mablag‘ni qaytarib, tavba qilasiz. Siz o‘ylab topgan g‘oyani mualliflik haqqi bilan himoyalab undan foydalarganlardan haq olsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar