Nomozni 20 daqiqa oldin o‘qish

Assalomu alaykum! Muxtaram ustozlar, nomozni vaqtini bilmay 20 daqiqa oldin yoki nomoz vaqtidan 20 daqiqa o‘tib o‘qisam qazo bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Vaqti kirmasidan oldin o‘qishingiz joiz emas. Vaqti kirganidan keyin bamdoddan tashqari barchasini keyingi namoz vaqti kirgunicha o‘qisangiz bo‘ldi. Vaqti kirishi bilan o‘qishingiz afzal. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:43 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar