Namoz o‘qiydigan xonada rasm

Assalomu alaykum! 2 oydan beri chaqalog‘im bilan bolalar shifoxonasidamiz. Nifos qon tugashi bilan namozlarimni davom ettirdim. Lekin bolalar shifoxonasi bo‘lganligi uchun barcha palatalarning devorlariga kata-katta har xil jonli suratlar chizilgan. Alloh o‘zi guvoh, o‘zi ko‘rib turibdi, deb namozlarimni to‘kis ado etyapman. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘liq ado eting. Bunday holatda namozingiz ado bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:48 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar