O‘gay ota qizga mahrammi
Assalom alaykum! O‘gay ota o‘gay qizi bilan onasi ishdaligida yolg‘iz qolishi mumkinmi? Uy bir xonali kvartira, qiz 12 yosh atrofida.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xotini etaklab kelgan farzandi eriga mahram bo‘ladi. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا 23. Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Shariat hukmi bo‘yicha, erkak va ayol rozi bo‘lgach, aqdu nikoh o‘tishi bilan ular er-xotinga aylanadilar. Birga er-xotinlik qilib yashasalar, bu arab tilida «duxul bo‘ldi», deyiladi. Ammo aqdu nikohdan so‘ng ularning birga yashamasdan turgan hollari ham bo‘lishi mumkin. Bu ikki holatning o‘ziga xos hukmlari bor. Ushbu holatlarni biz tarjimada «qovushgan» yoki «qovushmagan» deb zikr qildik. Ana o‘sha holatlarga tegishli hukmlardan biri nikohi harom bo‘lgan ayollar masalasida ham kelmoqda. Ya’ni bir odam ayol kishi bilan aqdu nikohni o‘tkazgan hamda «duxul» qilgan, ya’ni qovushgan ham bo‘lsa, o‘sha xotinning avvalgi eridan bo‘lgan qizi bu erkakka harom bo‘ladi. Oyati karimadagi «qaramog‘ingizdagi qizlari» degan jumla urfga kirgan, ko‘p uchraydigan odatni e’tiborga olib aytilgan. Aslida o‘gay qiz o‘gay otasining qaramog‘ida bo‘lmasa ham, ular o‘rtasidagi nikoh harom bo‘laveradi. Bu hukmning hikmati ham aniq ko‘rinib turibdi. Agar erkak kishiga o‘gay qiziga uylanishga ruxsat berilsa, u qizning o‘z onasi bilan munosabatlari qiyinlashadi. Qolaversa, o‘gay qiz ham qiz o‘rnida. Ammo yuqoridagi shartga ko‘ra, aqdu nikoh bo‘lgan-u, hali duxul bo‘lmasdan turib, ayol bilan ajrashsa, uning qiziga uylansa bo‘ladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 265 | Oila va turmush