Ribo yoki Ijara

Assalomu alaykum! Bir yaqin do‘stim 10000 dollar pulini bir tadbirkorga kelishuv asosida berdi. Kelishuvga ko‘ra tadbirkor xar oyda do‘stimga 300 dollar miqdorida pul beradi, malum muddatdan keyin tadbirkor 10000 dollar pulini qaytarib beradi. Do‘stimga bu ishing riboga kirmaydimi desam yo‘q bu ijara bilan bir xil narsaku dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rtada muzoraba va shunga o‘xshash biror bitim bo‘lmasa va aynan 10000 qarz berib turgani uchungina har oy qarzdan ortiqcha pul olib turgan bo‘lsa bu aynan ribodir. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar