O‘lim haqida
Assalomu alaykum! Har kuni xufton vaqti kirishi bilan hayolimda o‘lim haqida turli xil o‘ylar kelaveradi. Xuftonni o‘qigunimcha bugun tunda o‘lib qolsamchi degan o‘y boshimda aylanaveradi. Tasbeh aytaman, oyat-al kursini o‘qiyman, uxlab qogunimcha salavot, istig‘for aytib uxlayman. Lekin baribir shu o‘y hech tark etmayabdi. Bunday holatda nima qilim kerakligi haqida tavsiyalar so‘ramoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson o‘limni eslab tursa, gunohlardan tiyilib turadi. O‘limdan qurqish bu tabiiy holat hisoblanadi. Musulmon kishi o‘lib qolsa, solih amallari kesilishidan xavfsiraydi. Musulmon kishi hayotini doimo o‘limga tayyor bo‘lib o‘tkazishi kerak. Shariatda o‘limni eslashlikka buyurilgan. Hadisi sharifda: “Lazzatlarni parchalovchi(o‘lim)ni ko‘p eslang”, deyilgan. Sizdagi holat in sha Alloh, o‘zingiz va qilib turgan amallaringizni muhosaba (hisob-kitob) qilishingizga yordamchi bo‘ladi. Mashoyixlarning ba’zilari shogirdlarga “robitai bilmavt” ya’ni o‘limni eslash vazifasini ham berishadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar