Telegramdagi nik va BIO lar
Assalomu alaykum! Hozirda juda ko‘p odamlar telegramlariga turli xil diniy so‘zlarni yozib oladi. O‘zlarining niklariga (nomlariga) Alhamdilullah, Allohu Akbar, Muhammadning ummati va shunga o‘xshash so‘zlarni yozib olyapti. Man ularga baraka topgur o‘zingni ismingni yozib ol desam ular uncha parvo qilishmaydi va shu ishni qilishaveradi. Bu ish joizmi? Nima qilgan afzal. Yana bittasi, BIO siga «Sizga kimman bilmadimu robbimga suyukli bandaman!☝️» deb yozib olibdimi, shunday qilish ham joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min kishi aqlli farosatli bo‘lishi kerak, har bir ishiga oxiratda javob berishini bilgan odam yozgan yozuvini ma’nosi, qaerga yozsa bo‘ladi qaerga yozsa bo‘lmasligini bilishi lozim, shu kabi gapni ham bilib joyida gapiradi. Siz aytgan holatlar ilmsizlik sabab bo‘ladi, siz xatoni odob bilan tushintirib nasihat qilsangiz, u odam shunda ham e’tibor bermasa unda siz zimmangizdagi mo‘min kishi nasihati vazifasini ado qildingiz qolganiga e’tibor bermang. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 19:30 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar