Foiz masalasi

Assalomu alaykum! Man tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman, akfa eshik va romlarini yasash bo‘yicha, firma ochilgan, NDS to‘lovchisi hisoblanaman va soliqlarni to‘lab boraman, ba’zi oylarda 1 kishiga, ba’zi oylarda 2 kishiga. Akfachilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan ko‘pgina ustalar firmalari yo‘q, yoki bo‘lsa ham soliq to‘lovi bo‘yicha NDS emas, lekin ular ko‘plari quruvchilar bilan og‘zaki kelishuv bilan ishlashadi. Quruvchilar NDS to‘lovchisi bo‘lmagan akfachilar bilan ishlaganda “tanish firma toping, NDS faktura bersin, keyin pul to‘layman ” – deb shart qo‘yadi. Keyin ular menga murojaat qiladi, man soliqlar uchun xarajat bo‘lishini va yana boshqa xarajatlarga ketadi deb tushgan summadan 3,4,5 foizgacha chegirib keyin ularga foydalanishlari uchun tashlab beraman. Chunki quruvchi summani meni hisob raqamimga ko‘chiradi, men qancha summa tushsa, ish bajardim deb shunchaga faktura beraman, lekin soliqlarga va boshqa xarajatlarga ketadigan xarajatlarni ayirib, summani qolganini akfachini o‘ziga beraman Masalan, manga 10 000 000 tushsa, 5% minus qilib, 9 500 000 so‘mni ularni hisobiga tashlab beraman. Qolgan ana shu 500 000 dan manga soliq va boshqa xarajatlarga taxminan 300 000 – 350 000 ketadi, hisob raqamimga 150 000 atrofida qoladi. Ana shu 150 000 menga halolmi? Ribo hisoblanadimi? Shuni hukmi qanday, chunki avval boshda xarajatlar va firmadan foydalanayotganingiz uchun shuncha yo‘qotasiz deb ularni ogohlantiraman va ular rozi bo‘lib pulni chiqaradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo ishning ichida yolg‘on va aldov aralashmagnini aniqlab oling, agar aralashsa, joiz bo‘lmaydi. Eng afzali siz biron ahli ilmga uchrang, vakolat qoidasiga ko‘ra sizga shartnoma tuzib beradi. Shu asosda keyin muomala qilaverasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar