Nogiron tug‘ilgan shafoat qiladimi

Assalomu alaykum! Nuqson bilan tug‘ilgan(ko‘r, soqov, kar va hokazo...) singillar ,ukalar, aka, opalar otasini yoki ozidan kichik va kattalarni (albatta ota-onasi va aka-uka, opa-singillari)ni shafoat qila oladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nuqsonli ukishilarning shafoat qilad degan gap yo‘q. Lekin unday kishilar savob umidida sabr qilishsa, oxiratda katta ajrlar beriladi. عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ مُصِيبَةٍ يُصَابُ بِهَا الْمُسْلِمُ، إِلَّا كُفِّرَ بِهَا عَنْهُ حَتَّى الشَّوْكَةِ يُشَاكُهَا Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonga har qanday musibat etsa, hatto unga kirgan tikan ham uning uchun kafforat bo‘ladi», dedilar». ("Sahihi Muslim" kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:35 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar