Namozga uyg‘otish

Assalomu alaykum! Biz kursdoshlarimiz bilan birga kvaritrada yashaymiz. Ertalab bamdod namoziga turganmizida ularni uyg‘otsak turishlari qiyin va ko‘p hollarda turishmaydi. Biz aytsak ho‘p deydida uxlab qolaveradi. Biz keyin o‘zimiz o‘qib keyin uxlasak ularni o‘qimaganlari uchun biz ham gunohkor bo‘lib qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘lingizdan kelganini qilganingizdan keyin ham turmasa gunohkor bo‘lmaysizlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:34 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar