Oyat yozilan kitoblarni betoharat ushlash

Assalomu alaykum! Shayx Xazratlarining Kifoya nomli kitoblarida Xayz va Nifos bobida Mazkur shahslarni Tafsir, Xadis va Fikh kitoblarini ushlashlari makruh deb yozilganini o‘qib qoldim. U qanday makruh turiga kiradi mukruhi tanzihiymi yoki makruhi tahrimiymi? Betoharat vaqtda bu kitoblarni ushlamaganimiz afzalmi yokida tolibi ilmlarga joiz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Makruhi tanzihiy. Bu masalada ulamolardan turli qavllar bor.وَقَدْ جَوَّزَ أَصْحَابُنَا مَسَّ كُتُبِ التَّفْسِيرِ لِلْمُحْدِثِ ، وَلَمْ يَفْصِلُوا بَيْنَ كَوْنِ الْأَكْثَرِ تَفْسِيرًا أَوْ قُرْآنًا Mazhabimiz ashoblari betahorat kishini tafsir kitoblarini ushlashga ijozat berganlar. Qur’oni ko‘p bo‘lishi yoki tafsiri ko‘p bo‘lishini ajratmaganlar. (Roddul Muhtor). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 139 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar