Safda bolalarni o‘rni
Assalomu alaykum Hurmatli ustozlar bir masalada yordam bersangizlar, o‘g‘lim bor 12 yoshni to‘ldirib 13 yoshga qaradi, alhamdulillah namoz o‘qishni biladi, imkon qadar bilganlarimni o‘rgatyapman. O‘g‘limni jamoatga masjidga birga olib chiqa boshladim, 6chi mayda qo‘yilgan "masjid va bolalar"videoga asoslanib unda aytilisha bola namoz taxoratni bilsa bolani namozi durust va safda turishi joyiz va bunday bolani safga qo‘shmaslik orqaroq safga o‘tkazish joyiz emas deyilgan, uni yonimda safda birga turib namoz o‘qir edik, jamoatdagilar o‘g‘limni keyingi safga o‘tkazishni, safdagilarni namozini makrux bulishini aytishar edi men xar safar tushuntirishga harakat qilar edim bo‘lmadi, fitna bo‘lmasin deb o‘g‘limni keyingi safga o‘tkazdim 1, 2 namozlardan keyin o‘g‘lim keyingi safda namoz o‘qib bo‘lmaydi bolalar bir biri bilan so‘zlashib kulib xalaqit beradi dedi, so‘ng orqaroqda safni oxirida o‘g‘lim bilan birga turib o‘qiy boshladim, shunda ham o‘g‘limni keyingi safga o‘tkazishni aytardilar, o‘g‘limdan boshqa (10 yoshdan katta) bolalarni keyingi safga o‘tkazishmoqchi bo‘lishsa tushuntirishga harakat qilar edim. Bir kuni xufton namoziga azon aytilgandan keyin noyib imom so‘z boshladi, xammamiz masjidga jamoaga savob umidida kelamiz jamoada ba’zi insonlar bolalarni safni ichiga qo‘shib odamlarni namozini makrux qiladi unday qilmang dedi va misol keltirdi masalan 1000ta savob berilsa safda bola bo‘lsa makruh bo‘lib savob 500 yoki 400 bo‘ladi va qiyomatda odamlar o‘sha farzandini safga qo‘shgan odamni yoqasidan oladi va sen farzandingni safga qo‘shib bizni savobimizni kamaytirding deydi dedi. Namozga qomad tushila boshlaganda odamlar yana menga farzandimni keyingi safga o‘tkazishni aytardilar, jamoat bilan o‘qigan namozim oxirgisi shu bo‘ldi, xozir uyda ahillarim bilan birga jamoa bo‘lib o‘qiyapmiz. Utozlar men xato ish qildimmi?shu to‘g‘rida bashqa dalil yoki xujjatlar bormi. Oldindan rahmat, Alloh bizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noib imom noto‘g‘ri aytibdi. Aslida bolalar orqa safda kulib namozga ko‘proq halal berishadi. Shuning uchun ularni saflar orasiga olish kerak. Ba’zi birlar 2-3-4 yoshli bolalarni ham masjidga olib kelishadi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri, chunki u bolalar u erda namoz o‘qishni ham o‘rganishmaydi. Shariatimiz etti yoshdan namoz o‘qishni o‘rganishga buyuradi. Namoz o‘qishni o‘rganishi uchun olib borishayotgan bo‘lishsa, namoz o‘qish uchun onasining yonida qo‘ysin. Shunda to‘g‘ri ishni qilgan bo‘ladi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qiyotganlarida qibla tomondan kelib birinchi safda turib namoz o‘qiganlar. O‘sha vaqta u zot hali 10 yoshga ham etmagan edilar. Siz aytgan holatdan kelib chiqadiki, bu erda ikki tarafni ham xatosi bor. 7 yoshdan kichik bolalarni masjidga kelishida foydasidan zarari ko‘proq bo‘lsa, uyda qoldirganimiz yaxshi. Namozni o‘rgatishni uyda qilaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Masjiddan majnun va yosh bolalaringizni yiroq qiling” degan hadislarida aynan o‘sha etti yoshdan kichik, siydikdan saqlanolmaydigan va to‘palang qiladigan bolalarni nazarda tutganlar. Bolalarimizni etti yoshdan kichik bo‘laturib masjidga olib kelib foyda qilamiz deb o‘zgalarga zarar qilib qo‘ymaylik. Hakim At-Termiziy rahmatullohi alayh “Men balog‘atga etgunimcha etmishta muhaddisa, mufassira va faqiha ayollardan ilm o‘rganganman” deganlar. U yoshdagilarni ayollarga beraylik. Bolalarimizni imom Buxoriyga taqqoslamaylik. U zot kabi masjid hurmatini joyiga qo‘yadigan, namozxonlarga halal bermaydigan bola bo‘lsa bosh ustiga. Nafl bo‘lgan taroveh namozida imom bo‘lishi ham mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar