Burgut shaklidagi robot yasash
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savollarimizga javob berayotganingiz uchun mingdan ming rahmat, sizlarni Alloh ozi Jannat bilan siylasin! Savolim shuki, hozirda yurtimizda yoz fasli va dehqonlar uchun mevalar pishib etilgan va sotilayotgan vaqt. Bizning kichikroq uzum bog‘imiz bor, uzumlar InshaAlloh yaqin orada pishib qoladi, malumki pishgan mevalarga asosan qushlar tashlanadi, uzumlarga ham birorta donini cho‘qisa o‘sha uzumni ko‘p hollarda sotib olishmaydi, yani chirishni boshlaydi. O‘zimni soham IT texnologiya bolganligi sababli birorta zamonaviy echim topmoqchi bo‘lib, burgut shaklida kichik samolyotga o‘xshash uchar qurilma yasamoqchiman, qushlar burgutni korishi bilan qochishadi, agar men yasagan qurilma bogimiz ustida uchib tursa qushlar yaqinlashmaydi. Uning uchun tashqi korinishini burgutga o‘xshatib yasab(3D printerdan chiqarib), bo‘yab qoyishim kerak bo‘ladi, shu tarzda uchadi. 1. Shunday burgut shaklidagi uchar qurilma yasab ishlatishim joizmi? 2. Uni yasash va uchish jarayonini videoga olib, youtube tarmogiga joylasam bo‘ladimi (boshqa odamlar ham manfaat olishlari va yasagan qurilmamni ko‘rsatish uchun)? Ilmsizligim uchun, oddiy savol bilan vaqtingizmi olganim uchun ming bir uzur, oldindan rahmat ustozlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonli narsani yasash shart emas biror boshqa yo‘lini toping. Masalan ovoz chiqaradimi yoki harakat qilib sharpa berib xaydaydimi va hokazo. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jonli narsani yasash shart emas biror boshqa yo‘lini toping. Masalan ovoz chiqaradimi yoki harakat qilib sharpa berib xaydaydimi va hokazo. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom