G‘usl shartmi?

Assalomu alaykum! Tibbiyotda jinsiy kasalliklarni aniqlash uchun erkak urug‘ini tekshirish taxlili bor. Bunda tekshiriluvchi bir xonaga kirib urug‘ini bir idishga ajratib beradi va shundan olinib mikroskop yordamida uruq xo‘jayralar tekshiriladi. Bir tanishim bunday tekshiruv o‘tkazgan shifokor bu taxlilni o‘tkazgandan so‘ng cho‘milish kerak deb qoldi. Bu fikr to‘g‘rimi? Tekshiruvchi bunda qo‘lqopda va boshqa ximoya vositasida bo‘ladi, yani bu suyuqlik tekshiruvchi badaniga tegmaydi. Agarda bu suyuqlik tekshiruvchi terisiga yoki kiyimiga tomsa xukm qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Analiz olgan shifokorga g‘usl vojib bo‘lmaydi. Bu najosati xafifa hisoblanib, o‘sha erni o‘zi uch marotaba yuvib-siqib tashlash kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 167 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar