Ismlar haqida

Assalomu aleykum Shayx hazratlari. Ayyom muborak bo‘lsin sizga ikki dunyo saodatini tilayman. Savolim : Quyidagi ismlardan o‘zizga maqbul hamda nomaqbullarini tanlab bersangiz. ____________________________________________________________________________ Dovud(o‘)--Mehrli, mehribon, dildan sevuvchi, suyukli, chin do‘st yoki shifo beruvchi, sog‘aytuvchi. Dovud payg‘ambar temirchilarning piri hisoblanadi Dohiy(o‘)--Aqlli, dono, ulug‘ mutafakkir, ulug‘ yo’lboshchi Fardis(o‘)--Nurli, ravshan; nursimon, nurmonand Firdavs(o‘)--jannat bog‘I, jannat, sakkizinchi jannatning nomi Isfandiyor(o‘)----"Muqaddasning, ya’ni Allohning tuhfasi, ehsoni, muqadda tuhfa". Qadimgi Eron dostonlarida tasvirlangan, o‘z dushmanlariga tutqich bermaydigan qahramonlardan birining nomi. __________________________________________________________________________ Dilnura(q)--Ravshan, nurli qalb egasi, mehru shavqat sohibasi Dinora(q)--Tillo tangadek qimmatli, qadrli, ya’ni aziz, mo‘tabar qiz. Nurbonu(q)--Aslzodalar naslidan bo‘lgan kelajagi nurli, ravshan qiz Fariza(q)----O‘z burchini ado etuvchi, intizomli, sarishta yoki farisa - chiroyli, parilardek go‘zal yohud o‘lja, g‘animat. Bu so‘z go‘shti ko‘k yo’talga qarshi dori bo‘luvchi qush nomi hamdir Bahora(q)-----Ko‘klamda tug‘ilgan qiz yoki bahordek go‘zal, ko‘rkam qiz _______________________________________________________________________ Javob uchun oldindan rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Men bu kabi ishlar bilan shug‘ullanmayman.

29 Aprel 2022, 14:31 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar