Aroqni ichmasdan boshqa narsada foydalanish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, o‘rtoqlar bilan baxslashib bir to‘xtamga kelaolmayapmiz. Savol: 1. Aroqni avtomobil (moshina) oynasini yuvish uchun "yuvish suv bachok"iga quyib moshina oynasini shyotkasida yuvish uchun ishlatsa xarommi yoki joiz emasmi? 2). Umuman mast qiladigan suyuqlikdan ichishdan tashqari narsaga ishlatsa qanaqa xisoblanadi(masalan kul obrabotkasi uchun) bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hanafiy ulamolari najosat bo‘lgan narsadan eyish-ichishdan boshqa kemani o‘limtik yog‘i bilan yog‘lash, najosat tushgan yog‘larni chiroq yoqishda foydalanish kabi ishlarda ishlatishni joiz deganlar. Bunga misol qilib hayvonning tezaklari najosat bo‘lsada dehqonchilikda foydalanish joizligini aytganlar. Quyidagi hadisda joiz emas deyilishidan murod savdosi joiz emasligidir. عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ عَامَ الْفَتْحِ، وَهُوَ بِمَكَّةَ: «إِنَّ اللهَ وَرَسُولَهُ حَرَّمَ بَيْعَ الْخَمْرِ وَالْمَيْتَةِ وَالْخِنْزِيرِ وَالْأَصْنَامِ». فَقِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَرَأَيْتَ شُحُومَ الْمَيْتَةِ فَإِنَّهَا يُطْلَى بِهَا السُّفُنُ، وَيُدْهَنُ بِهَا الْجُلُودُ، وَيَسْتَصْبِحُ بِهَا النَّاسُ. فَقَالَ: «لَا، هُوَ حَرَامٌ». ثُمَّ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عِنْدَ ذَلِكَ: «قَاتَلَ اللهُ الْيَهُودَ، إِنَّ اللهَ لَمَّا حَرَّمَ شُحُومَهَا جَمَلُوهُ ثُمَّ بَاعُوهُ فَأَكَلُوا ثَمَنَهُ»
قَالَ أَبُو عَاصِمٍ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْحَمِيدِ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ: كَتَبَ إِلَيَّ عَطَاءٌ: سَمِعْتُ جَابِرًا رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
 Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«U fath yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadaliklarida u zotning «Albatta, Alloh va Uning Rasuli xamr, o‘limtik, cho‘chqa va butlar savdosini harom qildi», deyayotganlarini eshitgan ekan. Shunda: «Ey Allohning Rasuli! O‘limtik yog‘i haqida nima deysiz? Chunki u kemalarga surtiladi, u bilan terilar moylanadi va odamlar uni chiroqlariga ishlatishadi», deyildi. Shunda u zot: «Yo‘q! U(ning savdosi) haromdir», dedilar. Shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh yahudiylarni yakson qilsin! Albatta, Alloh uning* yog‘ini ularga harom qilgan edi, ular esa uni eritishdi, so‘ngra sotib, pulini eyishdi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Boshqa mazhablar asli harom bo‘lgan xamr, to‘ng‘iz yog‘ilardan mutlaqo foydalanish joiz emasligini aytishgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar