Qasr namozi qazosi

Assalomu alaykum! 300 km uzoqlikdagi shaharda 1 oylik xizmat safaridan doimiy yashash joyimga qaytib kelishda yo‘lda namozlarimni qasr qilib o‘qishni bilardim. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra qazo bo‘lib qoldi. Uyga kelib qasr qilinishi kerak bo‘lgan namozlarimni qazosini to‘liq o‘qibman. Bitta savolni javobida qasr namozini bilmasdan to‘liq o‘qigan bo‘lib, sajdai uloni tark qilmagan bo‘lsa namoz durust bo‘lishi yozilgan ekan. Bu erdagi "sajdai uloni tark qilmagan" degani nimaligiga tushunmay qoldim. Meni holatimda nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Sajdai ulo” emas, “Qa’dai ulo” ya’ni, birinchi qa’dani ado qilib o‘qigan bo‘lsangiz namozingiz durust. Birinchi qa’da bu ikkinchi rakatda ikki sajdadan keyin tashahhud o‘qishlik uchun o‘tirishdir. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 139 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar