Sevishish

Assalomu alaykum! Universitetda o‘qiyman 1 yildan beri 5 vaqt namozni kanda qilmaydigan oilaviy dindor bo‘lgan bir qiz bilan gaplashaman.U juda yaxshi sodda ilm olishdan to‘xtamayadi lekin u meni juda ko‘p yaxshi ko‘radi unga gaplashmaylik deb rosa tushuntirdm lekin yig‘lab ko‘ngli og‘ridi xafa bo‘p qoladi.Lekin meni judayam xurmat qiladi.Biroq bazida men til zinosi qilib qo‘yaman va afsuslanaman tavba qilaman lekin yana shu ishni qilb qo‘yayapman u qiz bn.Borgan sari u qizni yomon ko‘rib ketayapaman bore deb tashlab ketgm kelyaptyu lekin ko‘nglim bo‘mayapti.Meni o‘ylantiradigan 2 ta savol bor ;1.Agar shunday yaxshi yuvosh dindor qizdan voz kechsam boshqa uylanadigan qizim bu qizday bo‘lmasa va afsuslanishim mumkinmi bu Allohni belgisi bo‘lgandr balki shundey yaxshi qiz bilan uchrashtirgandr deb,o‘zi Alloh nomaxram yigit qizni sevdiradimi shu o‘ylashim qanchalik to‘g‘ri? 2.Agar u bilan gunox qilmaslik uchun gaplashmasam dili og‘risa menga ta’sir qiladimi yoki meni qarg‘asami? Iltmosim shuki shuni to‘liqroq tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz o‘ylagandek dindor qiz bo‘lsa nomahram bilan gaplashmasligi kerak bo‘ladi. Siz gaplashaman desangiz ham u rad qilsa siz aytgandek diyonatli qiz bo‘lar edi. Siz halollikni lozim tuting.2). Shar’iy ish uchun uning ko‘ngli og‘risa ham, qarg‘asam ham o‘tmaydi. O‘zingizni o‘zingiz aldab, bahona qidirmay iffatingizni saqlang. Nafsingizni so‘ziga kirmang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar