Namozdagi takbir

Assalomu alaykum! Farz namozlarida yakka o‘quvchida qiroat ixtiyoriy ekanligini bildim. Lekin bazida namoz boshida iftitoh takbirini jahriy aytib undan keyin maxfiy o‘qib qo‘yyamman. Shunda namozni jaxriy boshlab qolganini maxfiy o‘qiganim uchun sajdai sahv qilishim kerakmi yoki shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiroat qilish ixtiyorli emas, balki farz. Jahriy qiroat yoki maxfiy qilish ixtiyorli. Holatingizda zarari yo‘q. Sajdai sahv qilish ham shart emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar