Va’dasini buzgan odamga nisbatan va’dani ado kilish joizmi
Assalomu Alaykum, muxtaram Shayx xazratlari.2007 yildan boshlab "A" shaxs "V" shaxsning taklifiga kura u ishlaydigan korxonaga «X» maxsuloti topshirib yurgan. Ma’lum vakt utgach ikkovlari sheriklik asosida urtaga pul tikib «U» larni xam etkaza berishni boshlashgan. 2009 yil boshiga kelib, "V" shaxsning taklifiga kura oralari ochik kilinib (ya’ni ulushlar taksimlanib), yangitdan ish boshlashgan. Yangi ishda «X» maxsulotlarini "A" shaxsning uz mablagiga etkazib berilishi, barcha xizmatlar "A" shaxs zimmasida bulishi , xamda, «U» maxsulotlari uchun "V" shaxs mablag etkazib berishi , lekin barcha xizmatlarni boshka bir yollangan xodim amalga oshirishi , "A" shaxs tomonidan umumiy nazorat (mablagni sarflanishi, maxsulotlar sotib olinishi va topshirilishi) kilib turish kelishilgan. Shuningdek, xar ikkala tomondan kelgan daromadlar urtada teng taksimlanishiga kelishib olingan. Bundan tashkari shu 1,5 yil mobaynida ikki shaxs urtasida asosan «V» shaxs nazoratida amalga oshirilgan savdo dukoni faoliyati vujudga kelgan bulib, uning barcha mablaglari xam «V» shaxs tomonidan berilgan bu imshdan xam foyda taksimlanishi kelishilgan. Xar ikki taraf uz yunalishi buyicha xisob kilishga mas’ul bulgan. Oradan 1,5 yil utgach, "V" shaxs kelishuv boshidan beri mablagni etkazib berayotgani va urtadagi xisob-kitobni ochik-oydin berayotganini aytib, "A" shaxsdan xam uz yunalishi buyicha xuddi shunday xisob talab kilgan va u uz xisobini topshirmagunicha boshka shaxs xizmatidan foydalnib turgan. Lekin oradan 4 oyga yakin vakt utsada "A" shaxs tula xisobni bermagan. Yil oxiriga kelib esa uz yunalishidan fakatgina topshirilgan «X» maxsulotning toza (maxsulot) kismi foydasidan ulush berishi , bunda kolayotgan chikindi pulini taksimot kilmasligini aytgan , vaxolanki chikindi puli deyarli toza kismdan kolgan foyda mikdoriga teng bulgan. Shuningdek «X» maxsulotning xam 40% ga yakinini ukasi topshirib kelganini va bundan u ulush bera olmasligini bildirgan xamda "V" shaxsga, siz xam manga bergingiz kelsa ulush bering bulmasa man sizdan umidvor emasman" degan. Vaxolanki u utgan davr mobaynida «V» shaxs faoliyatidagi foyda xisobidan anchagina mablagni uzlashtirib olgan edi. "V" shaxs xam urtalaridagi barcha oldi-berdilarini xisob-kitob kilganida "A" shaxsga ma’lum mablag utib ketganini kurdi, lekin undan uziga tegishli «X» foydasi ulushiniyam suramadi va uzi kup berib yuborgan mablagni xam kaytarishini suramadi. Nozik masala shu erdaki, "A" shaxs xam 1,5 yillik faoliyatdagi tulik foyda ulushini berib bulgani yuk va uzi "V" shaxs foydasidan umuman ulush olmagan. . Shu erda savollar tugilib uni kiynab kelmokda:1) "A" shaxs urtadagi kelishuvni buzgani sababli u xam kelishuvni buza oladimi, ya’ni uz yunalishidagi foydadan ulushni tulik bermasa buladimi? Bu munofiklikka va birovning xakini eyishga kirmaydimi?2) "A" odamda kolib ketayotgan ulushini suramasa va unga utib ketgan kismini «V» shaxsning xizmatlari evaziga kolgan deb xisoblab, oralarini tuligicha ochik kilingan deb xisoblasa buladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Diniy tomon shuni taqozo qiladi.
2 May 2022, 10:19 | Savol-javoblar | 161 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Diniy tomon shuni taqozo qiladi.
2 May 2022, 10:19 | Savol-javoblar | 161 | Islam