Qayta tavba

Assalomu alaykum! Men bir gunoxni boshida gunoxligini bilmay qilganman, bilganimdan keyin tavba qildim, lekin tavbadan so‘ng o‘sha gunoxni yana qaytardim. Shu gunoxim uchun tavbadan keyin gunoxga qaytishim soni 100ga etib qoldi taxminan, agar undan ko‘proq bo‘lmasa, meni Xudo kechiradimi, axir gunox kechirishi uchun tavbani shartlaridan biri u gunoxga qaytmaslik bo‘lsa? Kechiring vaqtingizni olganim uchun
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Astoyidil tavba qilib, qayta qilmasangiz Alloh taolo qabul qiladi. Hali ham kech emas. Tavba qiling, nadomat cheking. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar