Ruku va sajdada 3 tadan kam zikr aytish
Assalomu alaykum! Suv o‘chib qolgani bois tahorat olish muammo bo‘lib qoldi, peshin vaqti tugashiga 10 minut qolganda ozroq suv topib tahorat oldim va peshinni o‘qidim, har rakatdagi ruku va sajdada 1 martadan tasbeh aytdim namozim qazo bo‘lib qolmaslik maqsadida. 3 va undan ko‘p aytilishi haqida xabarim bor edi lekin 1 ta ma’ruzada eshitishim bo‘yicha vaqt tanqisligida 1 martadan aytsa va juda tanqis bo‘lganda salovat va duoni ham tark qilib namozni ado qilish mumkin ekan. 1: O‘qigan namozim durustmi yoki qazosini qayta o‘qishim kerakmi? 2: Ana shu ma’ruza qilgan domlani gaplari to‘grimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz vaqti chiqishiga oz muddat qolgan bo‘lsa, zarurat yuzasidan tahoratda a’zolarni bir martadan yuvish va namozda tasbehlarni bir martadan aytish, salovat va duoni o‘qimaslik mumkin. Ammo atayin namoz o‘qimay yurib, shunday holatgacha namozni kechiktirgan bo‘lsa gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Oktabr 2023, 10:48 | Savol-javoblar | 0 | Namoz