Uylanmagan odam ichida shu ishni qilsam taloq tushsin desa

Assalamu alaykum! Xali uylanmaganman, men ichimdan o‘zimga mana shu ishni qilsam taloq tushsin deganman. Tilimda emas ichimdan, shu ishni qildim endi uylansam taloq tushadimi juda qo‘rqyapman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Til bilan aytilmagan taloq tushmaydi. Bunga o‘xshagan niyatlarni qilmay, yaxshilikka harakat qiling. Biror ishdan tiyilish uchun bu kabi gaplarni aytish irodaning sustligi hisoblanadi. Musulmon banda Allohga taqvo qilishi va Undan yaxshilikni so‘rashi kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar