Yuzga chiqib ketgan soqolning hukmi

Assalomu alaykum! Yuzning soqol chiqqadigan qismining tepasidan ham soqol chiqib ketsa (yoki soqolga o‘shash qora lekin uzunroq tuklar chiqib ketsa) ularni qirish ham harom hisoblanadimi? O‘zi soqolni qanday o‘sa shunday qo‘yish kerakmi yoki ularni tartiblab olsa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Soqol deb iyakdan va xoddan (ya’ni, ikki yuzning suyak bo‘rtib chiqqan erigacha bo‘lgan qismdan) o‘suvchi tuklarga aytiladi. (Lisanul ’arob va at-Talxis fi ma’rifati asma il-ashya kitoblaridan). Siz aytayotgan joydagi tuklar soqol deyilmaydi va ularni olish joiz. Soqolni tartiblash va chiroyli qilib yurish ham joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar