Zakotni ukaga berish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar Ramazon oyi xammaga muborak bulsin! Meni ikkita ukam bor ular ota onam bilan birga yashashadi. Kichik ukam oilasidan ajrashgan ikkita kizi bor. Oylikka ishlaydi davlat ishida. Uy kurib aloxida chikib ketishi va uylanishi kerak. Lekin oyligi tirikchilikdan kiyinishidan oshmaydi. O‘tgan yili zakotimni bir kismini bergandim, nisobga etadigan mablag‘ edi. Bergan pulimga qoramol olib qo‘ygan. Bu yil xam zakotimni katta kismini bermokchiman nisobdan besh olti barobar ko‘p. Bir kishi undan muxtojlar ko‘p o‘shalarga bering diyapti. Nima qilishni bilmay qoldim. Boshqalargayam bermokchiman qolgan qismini. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ukangiz muhtoj bo‘lmasa muhtojroqlarga bering. Bir odamga nisob miqdoridan ko‘pini berish joiz emas. Mabodo siz uyni sotib olib, keyin uyni ukangizga zakot deb bersangiz joiz. Shu bilan u hojati asliyga ega bo‘lib, qo‘lida nisobi yo‘q hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar