Mening qaynonam general ko‘rsatuvi
Assalomu alaykum! Televizordagi "Mening qaynonam general" ko‘rsatuvining 28-sonida dasturxon atrofida o‘tirgan ayollarning biri "Qaynonalarga sajda qilish kerak" deb hammaga o‘rgatib o‘tiribti. Yana u etmagandek namozni qaynona va qaynotaga xizmat qilib agar vaqt aytsagina o‘qish kerak deb o‘rgatyapti. Iltimis shunaqa insonlarga dinni yaxshi bilmasa oxiratida nima jazo ko‘rishini eslatib qo‘ysangiz. Zora bu savolning javobini o‘qib amal qilishsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Podshox bir qarorni chiqarsa fuqarolaridan birortasi uning ziddiga biror so‘z aytish podshoxga behurmatlik hisoblanadi. Buyruq bersa buyrug‘iga qarshi so‘z aytish jinoyat hisoblanadi. Butun borliqni, shu qatori o‘sha xizmatini Allohning ibodatidan oliy deb bilganni ham yo‘qdan bor qilgan Zot, hamda koinot sarvari payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam amr qilgan bo‘lsalar, bu amr Qur’oni karimdek qiyomatgacha saqlanib qoluvchi kitobga muhrlab qo‘yilgan bo‘lsa, uning qarshisiga “Mendan oshsang keyin namoz o‘qiysan” degan odam kim bo‘lishi mumkin? Bunday insonni o‘zligini bilmagan nonko‘r deyishdan boshqa gap bo‘lishi mumkin emas. Alloh taolo "Yasin" surasida marhamat qiladi: أَوَلَمْ يَرَ الْإِنسَانُ أَنَّا خَلَقْنَاهُ مِن نُّطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُّبِينٌ 77. Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?! Endi esa u banogoh, ochiq-oydin xusumatchi bo‘lib turibdi!
Ushbu oyati karima va undan so‘ng keladigan oyatlar o‘lgandan keyin tiriltirishni inkor qiladigan har bir insonga xitobdir. Ammo bu oyatlarning tushishiga sabab bo‘lgan kishi mushriklarning kattasi Ubay ibn Xalaf edi.
Mujohid, Ikrima, Urva ibn Zubayr, Suddiy va Qatodadan qilingan rivoyatda: «Ubay ibn Xalaf (Allohning la’nati bo‘lsin unga) qo‘lida chirigan suyakni tutib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi va xokini havoga puflab, uchirib turib:
– Ey Muhammad, Alloh mana shuni tiriltiradi, deb gumon qilasanmi?! – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
– Ha, Alloh seni o‘ldiradi, keyin qayta tiriltiradi, so‘ngra esa do‘zaxga kiritadi, – dedilar. Shundan keyin «Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?!» deb boshlanuvchi oyatlar nozil bo‘ldi», – deyilgan.
Ha, inson o‘z aslini bilganida kofir bo‘lmas edi. O‘lgandan keyin qayta tirilishni inkor qila olmas edi.
«Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?!»
Inson o‘zining bir tomchi jirkanch suvdan yaratilganini bilmaydimi?! O‘zini kim deb o‘ylaydi?! Bunchalik hovliqadi?! Bunchalik osmondan keladi?!
«Endi esa u banogoh, ochiq-oydin xusumatchi bo‘lib turibdi!» ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:16 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush