Omborchilik

Assalomu alaykum! Men br korxonada omborchi bolib ishlayman bzaga krb kelayotgan hom ashyoni olib keluvchi shaxlar xojaynlarni kondrb berganim uchun va ulaning maxsulotlarda ishlatyotganmza uchun ular menga har maxsulotidan anq br summani chqazb berishvotti usha pulni olishm joizmi? Javop uchun oldindan Raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xo‘jayinga sodiq ishlaganingiz uchun xo‘jayin sizga qo‘shimcha haq bersa joiz. Siz mahsulotni xo‘jayinga 11 so‘mga olayapmiz deb unga bildirib, aslida mijozlardan 10 so‘m olib 1 so‘mini yoningizga urayotgan bo‘lsangiz joiz emas. Xo‘jayinni molini o‘g‘irlayotgan bo‘lasiz. 10 so‘mlik molni 10 so‘mga olib, 10 so‘mga sotgan odam sizga biror hadya bersa u ham joiz bo‘lishi mumkin. lekin doimiy hissador bo‘lib o‘tirib olib har bir mahsulotdan olishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar