Ota ona

Assalomu alaykum! Men yaqinda uylandim br ajoyib soliha qizga Alhamdulillah namoz o‘qiyman osha qizham o‘qirdi to‘ydan keyin men unga avratini bekitib yurishni hohlayotganimni aytim u ro‘mol o‘rardi lekn qolgan joylarini bekitishini so‘radm shunda u to‘ydan keyn hijob o‘rashni boshladi. Albatta o‘z hohishi blan. Ertasiga ishdan kelsam uyda janjal oilamdagi boshqa insonlar opamlar, akamlar, otam onam ham mendan norozi men kelinlariga zugim qilganmishman. Men ularga qancha tushintirishimga qaramasdan ular ko‘nmadi va hotinimga hijoping echmasang sendan rozimasman senlardan vos kechaman deyishdi. Ayolim majbur hijopni echdi men noilojlikdan ko‘zimga yosh keldi. Keyin otam onam sendan rozi emasman shu qilganing uchun sendan bu narsani kutmovdim deb hatoki sen vahobiysan sen miyang aynib qolgan degan gaplarni aytishdi. Men nima qilishni bilmay qoldim hozirda oilamiz tinch Allohga shukur ammo men ota onamga oq bo‘lib qolmadimmikan degan o‘ylar qiynab kelmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ota-onangizga oq bo‘lmagansiz. Ota-ona ma’siyatga buyursa itoat vojib emas. Satri avrat, namoz, ro‘za, zakot bularning barchasi har bir mo‘minning zimmasidagi farzdir. Siz ularning haqqiga duo qilishda bardavom bo‘ling.  Go‘zal xulqingiz bilan islomga, taqvoga chaqiring. Hech ham noumid bo‘lmang. Bu kimnidir shunday qil deyishi bilan bo‘lib qoladigan ish ham emasda. Asta sekinlik bilan bo‘ladi. Siz ham noumid bo‘lmang, o‘zingiz kamolot topishga harkat qiling so‘ng yon atrofingizga tarqatishga harakat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni a’lo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo dajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmasliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. Usiz ish bitmaydi. Bu ummat nihoyat unumdor erga o‘xshaydi. Allohdan so‘rab mehnat qilinsa hech qachon zoe ketmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar