Hadislar ishonchlimi?

Assalomu alaykum! 1. Oisha roziyallohu anhoning rivoyatiga ko‘ra, Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam: Qur’oni karimda bir sura borki, Alloh nazdida juda buyuk, uni o‘qiganlar esa juda sharafli insonlardir. U Yosin surasidir. Yosin surasini davomli o‘qiganlar Qiyomat kuni Robia va Muzordan(ikki qabilaning nomi) ham ko‘p insonlarni shafoat qiladilar.- deganlar. Abu Nosir Sijziy rivoyati. Ushbu hadis saxixmi yoki xasan? 2. Oisha roziyallohu anhu onamizdan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgan: Namozda Qur’on o‘qish, Namozda tashqaridagi qiroatdan afzal. Namozdan tashqaridagi qiroat - takbir hamda tasbehdan afzal. Tasbeh sadaqadan, sadaqa esa ro‘zadan afzal. Ro‘za jahannamdan (to‘suvchi) qalqondir. Bayhaqiy Shuabul iymonda, Doraqutniy Afrodda rivoyat qilgan. Shu hadis saxixmi yoki xasan? Va bu gapni kim aytgan? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Imom Suyutiy buni Sijziyning “al-Ibana” kitobidan naql qilib “Sijziy buni hasan degan” deganlar. Lekin bu hadis sanadida ikki ayb borligi uchun muhaqqiq ulamolar zaif deyishgan.

2). Bu hadisning sanadida kamida ikki kishining kimligi noma’lum bo‘lganligi tufayli zaif hisoblanadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 160 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar