Kvartiraga chiqib ketish

Assalomu alaykum! Mening qo‘shnimning oilasi buzilay deb turibti. Qaynona kelin chiqisha olmadi. Kelin qaynona tomondan bo‘lgan zulmlarga chidolmay uyga ketgan. Avvaliga ayb kelinda deb o‘yladik. Yaqinda yigit bilan ishlay boshladim. Bo‘lgan gaplarni eshitib hayratta qoldim. Yaqinda bo‘lgan mojaroda qaynona "kelin qaytsa o‘z qizimday ko‘raman" deb hammaga aytganlar. O‘g‘liga "olib kelsang uyga kiritmayman" deb turgan ekanlar. Nega boshqalarga o‘zlarini shunday ko‘rsatayotganlarini tushunib bo‘lmayda. O‘zi ancha yil oldin ota-onasi o‘rtasiga sovuqchilik tushgan. Otasi faqat sizlarni deb birga yashab kelganman der ekanlar.Qilgan ishlarini eshitsa sog‘lom odam bunday qilmasa kerak deb o‘ylaydi. Bunga misol, boshida sarpa mebel yomonlashlari, hammom qulflab qo‘yish, yarim kechasi bolasiga sms yozish,unitaz shotka tashlab yuborib qo‘lda yuvsin deyish,bo‘lmagan ishni bo‘ldi deyish vahokazolar... Endi bolani boshi qotib turibti, kelin og‘ir oyoq, tuqqanidan kegin olib kelmoqchi, agar yana o‘sha holat takrorlansa, kvartira olib chiqib ketmoqchi. Yana Alloh haqqi qasam ichgan "agar hozir to‘g‘ri kvartiraga chiqib yashasak sendan rozimasman,meni niyatim shu uyda yashab ota-onam roziligini olib uy-joy qilib chiqib ketish"degan. Maslahat bersangiz bu vaziyatda nima qilsa bo‘ladi? Sizlarni eng to‘g‘ri maslahat berasizlar deb o‘ylaymiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday holatda alohida yashagani afzal. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:11 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar