Ba’zilarni namozdagi kamchiliklari

Assalomu alaykum! Alloh kechirsin namoz o‘qiyatgan paytimda jamoat bilan albatta goxida namozni noto‘g‘ri o‘qiyatganlar sajda, rukularni noto‘g‘ri bajarayotganlarga ko‘zim tushib qoladi. Ko‘plari mendan yoshi katta bo‘lganligi uchun ularga noto‘g‘ri bajarayapsiz deyishim mumkinmi yoki kattaroq odam aytishini kutishim kerakmi? Eng qo‘rqinchilisi namoz o‘qiyatganingda qanday etibor berding deyishsa nima deyishni bilmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masalada masjid imomidan iltimos qiling. Jamoatga shu haqida ta’lim berib, xatolarini to‘g‘rilab olishni ularning ko‘ngliga tegmaydigan qilib umumiy aytib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar