Pivo sotish

Assalomu alaykum! Men restoranda ishlayman u erda pivo sotaman. U erda pivodan tushgan pulni olmayman, oyligimni fastfuddan tushgan daromatdan berishadi. Pivo meniki emas, shuningdek undan kelgan pulga xam sherikchiligim yo‘q. Oyligim yaxshi va menga pul zarurligi tufayli nima qilishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga berilgan pul qaerda kelganiga bog‘liq emas, balki siz nima qilganingizga berilishiga bog‘liq. Siz shariat harom qilgan narsani sotganingizdan keyin olgan pulingiz ham harom bo‘ladi. Boshqa ish toping. Hadisda mast qiluvchi ichimlikka aloqador o‘n toifa kishi la’natlangan: عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar