Falon joyga ko‘minglar deb vasiyat qilsa

Assalomu alaykum! Biror bir kishi men olamdan o‘tsam falon qabristonga yoki falon odamning yoniga ko‘minglar deyishi to‘g‘rimi? Turli sabablarga ko‘ra u kishini aytganini qilolmasa, masalan, u joyga boshqa odam ko‘milsa nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Marhumni shariatga muvofiq va qilishni imkoni bo‘lgan vasiyatiga amal qilinadi. Siz aytgadek boshqa odam ko‘milgan bo‘lsa, yoki aytgan joyi vafot qilgan joyidan uzoq, shariatda unday uzoq erlarga mayyitni olib borishga ruxsat bo‘lmagan kabi hollarda, amal qilinmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar