Qurbonlik qilishga sharoit bo‘lmasa
Assalomu alaykum! Men xozir Rossiya davlatidaman qurbonlikni uyda qilish uchun farzandlarim yosh eplay olishmaydi. Qurbonlikni pulini exson qilsam bo‘ladimi yoki Rossiyada qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehson qilsangiz bo‘lmaydi. Zimmangizga qurbonlik vojib bo‘lgan bo‘lsa, biror odamni vakil qilsangiz bo‘ladi. Masala: Qurbonlik qilishda o‘zidan boshqasini vakil va noib qilish joizdir. Agar bir kishi boshqa odamni qurbonlikka vakil yoki noib qilsa, jonivorni sotib olish va so‘yish vaqtida vakil yoki noib qurbonlikni niyat qilishi kifoya qiladi.Masala: Safardagi kishi biror yurtda o‘n besh yoki undan ortiq kun muqim bo‘lib qolib, telefon yoki biror vosita orqali o‘z yurtidagi kishini meni nomimdan qurbonlik qilgin deb vakil qilsa, vakilning qurbonligi uning nomidan o‘tadi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 02:12 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar