Tuya go‘shti

Assalomu alaykum! Bibliyaning Vetxiy Zavet Levit gl.11 da tuyaning kovush qaytarishi ammo tuyog‘i bo‘linmaganligi va shuning uchun u toza go‘sht emasligi aytilgan. Lekin islomda tuya go‘shti xalolligini bilamiz. Iltimos shu xakida ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bibliya musulmon kishi uchun hukm oladigan manbaa emas. Bu eng asosiy nuqta. Qolaversa oldingi shariatlarda halol bo‘lgan amal va narsalar keyingi shariatda harom bo‘lishi yoki buning aksi mumkinligiga ko‘plab misollar bor. Tuyaning go‘shti shariatimizda halol. Shuning o‘zi musulmon kishiga kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 215 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar