Sadaqadagi gumon

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, tilamchilikni kasb qilib olganlarga sadaqa bermaslik kerak degan gapni eshitganman. Ammo, biror kishini tanimay turib, u insonni kasb qilib olganmi yo yo‘qmi bilib bo‘lmaydi. Masalan, har qanday joylarda bo‘lib ko‘pgina tilamchilarni hayotimizda birinchi bor ko‘ramiz, u insondan kasb qilib olgan degan gumonda bo‘lib, sadaqa bermaslik to‘g‘ri amalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar kasb qilib olganini bilmasangiz avval ham aytib o‘tganimizdek hadya deb berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:44 | Savol-javoblar | 157 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar