Musofir masalasi

Assalomu alaykum! Muqim 90 km masofada musofir bo‘lar ekan va namozlarini qasr qilib o‘qir ekan. Endi biz Navoiy shahri yonidagi qo‘rqondan uy qurib mana endi yashayabmiz desa ham bo‘ladi. Undan oldin shu joydan 200 kmdan uzoqlikda bo‘lgan joyda yashardik. Hozir ham o‘sha joyga borib yashab ham turamiz ba’zida. Endi bizga vatani asliy qaysi uyimiz bo‘ladi? Namozlarni har ikkala uyimizda har qanday holatda ham to‘laligicha o‘qiyveramizmi? Yana bir shu masalada bir narsaga tushunmayroq turibman. Qarindoshlarimizning uyiga mexmonga bormoqchi bo‘lsak aylanma yo‘llar bilan 90 km dan oshar ekan. Bir ilovada o‘zimiz yashab turgan joyimiz bilan mexmonga bormoqchi bo‘lgan manzilning masofasini o‘lchaganimda 90 kmdan ancha kam masofani ko‘rsatayabdi. Musofir hukmi qanday bo‘ladi manashu masalada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalgi joyda ham hozirgi joyda ham shaxsiy uyingiz bo‘lsa, ikki joyda ham muqim bo‘lib, o‘rtadagi yo‘lda musofir bo‘lasiz. Qaerda shaxsiy uyingiz bo‘lmasa, o‘sha joyga 15 kecha-kunduzdan oz muddatga borsangiz, namozlarni qasr qilasiz. Siz ilovalarga qaramaysiz, o‘zingiz yuradigan yo‘lingizning masofasidan kelib chiqib qasr qilasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar