Qurbonlik go‘shti almashtirilishi

Assalomu alaykum! Internet olamini yaxshi bilmaydigan bir do‘stimning nomidan savol beryapman: Do‘stimiz bir restoranda omborda ishlaydi. Restoran egasi qurbonlik uchun mol so‘ygan, go‘shtini tarqatish uchun ombor muzlatgichida saqlab turgan. Shunda do‘stimiz restoran taomi uchun go‘sht kerak bo‘lgan vaqtda 17 kg go‘shtni shu qurbonlik go‘shtidan olgan va ishlatish uchun restoran taomiga berib yuborgan. Qurbonlik uchun esa shuncha vazn keladigan, o‘zining aytishi bo‘yicha undan ko‘ra yaxshiroq go‘shtni 17 kg qilib bergan. O‘zidan yaxshilab so‘rashimizdan ma’lum bo‘ldiki, do‘stimiz go‘shtni qurbonlik uchun so‘yilganini bilib turgan. Endi masala shundaki, qurbonlik uchun so‘yilgan go‘shtni o‘rniga qilingan bu ishi uchun unga gunoh bormi? Agar gunohkor bo‘lsa, kafforatiga nima qilib uni yuva oladi? Barchamizning gunohlarimizni Alloh o‘zi kechirsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik go‘shtini sotish joiz emas.  Qurbonlik zimmadan soqit bo‘ladi, ammo qilgan ishi mutlaqo notug‘ri. Istig‘for aytsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar