Aka-singil orasidagi silai rahm
Assalomu alaykum! Silai rahm oqibatlarining keskin sustlashishi qiyomatning kichik bir alomati deb eshitganman. Men tog‘am bilan onamning aloqalarini yaxshilashga harakat qilaman, lekin bo‘lmayapti. Bunga sabab onam va tog‘amning o‘rtasidagi adovatdir. Ular ortasidagi ahvol shu qadarki «diydor qiyomatga qolibtida» deydigandek. Men va tog‘amning farzandlari inoqmiz, lekin bizning ota-onalarimiz buning aksi. Menga maslaxat bering tog‘am bilan yaxshi aloqada bo‘lsamu, ularga bu yoqmasa men bu qiliqlariga e’tibor bermay xolis Alloh uchun deya yaxshi aloka qilaveraymi? Buni telegramdagi kanalingizga ham joylashtirsangiz ko‘plab men kabi to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lmaganlarga yordam bo‘lar edi. Noo‘rin savol bo‘lsa uzrimni qabul qilinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
Siz hech narsaga e’tibor bermay, o‘zingiz aytgandek “xolis Alloh uchun” deb silai rahm qilavering. Quyidagi linkda kelgan ma’lumotlarni o‘qishni va o‘qib berishni tavsiya qilamiz. Alloh taolo O‘zi isloh qilsin. Vallohu a’lam!https://old.islom.uz/content/view/4159/137/
26 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush