Usta xakki
Assalomu alaykum! Men ustachilik (santexnik) bo‘lib ishlayman. Yaqinda bir tanishimni uyida ishladik. Ish nixoyasiga etib, bajarilgan ishlarni xisoblab chiqib, uyni egasi bizga tanish bo‘lgani uchun arzonroq qilib xisoblab berdik. Pulni berdilar. Oradan vaqt o‘tib, biz o‘sha insondan pul kerak bo‘b qarz so‘radik, u inson pul bermiman deb, onamizdan so‘kdilar. Shunda biz u insondan jaxlimiz chiqib, bajargan ishimizni qayta xisoblab berdik. Yani qilingan ishlarni tan narxida xisoblab, oradagi pulni bering desak, pulni bermiman didilar. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutaylik, iltimos yul ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshilik qilsangiz xolis qiling. Yaxshilik qilib yana qaytasizmi? Kishi yaxshilik qiladigan bo‘lsa, Allohning roziligi uchun qilishi kerak bo‘ladi. O‘zi rozi bo‘lib bergan narsasini keyin rozi emasman deyishi qo‘yidagi hadisda vasfi kelgan holat kabi bo‘ladi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ لَنَا مَثَلُ السَّوْءِ، الَّذِي يَعُودُ فِي هِبَتِهِ كَالْكَلْبِ يَرْجِعُ فِي قَيْئِهِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizda yomon xislat bo‘lmaydi. Hibasini qaytib olgan qusug‘ini qaytib olgan it kabidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom