Ilmi tolibning niyati
Assalomu alaykum! Ilm talabidagi inson Alloh rizosi uchun ilm o‘rganishga ahd qiladi. Ustozidan ilm olish mobaynida ustozi uning bergan topshiriqlarini bajarmagani uchun ilmi tolibga qattiq gapiradi. Ilmi tolib esa ichida "Hali shunday darajada o‘qiyki ustozim meni urishmasin" yoki "Shu darajada yaxshi, zo‘r odam bo‘layki meni kamsitganlar afsuslanishsin" desa bu xolislikka, tavhidga zid niyat bo‘ladimi? Axir Allohning rizosi uchun o‘rganyapti-ku, shunchaki insonlarning dakkilari va kamsitishlari ilmi tolibni ko‘proq, kuchliroq harakat qilishga undasa shirk yoki riyo yoki dunyoviy niyat qilgan bo‘lib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo Alllohning roziligi uchun ilm olyapgan tolibi ilm ixlosli, tirishqoq bo‘lishi kerak. Berilgan vazifalarni vaqtida bajarishi lozim. Shunda “ustozlarining urishishiga ham”, “kamsitganlarning ham afsuslanishiga” hojat bo‘lmaydi. Xolis tolibga ko‘proq, kuchliroq harakat qilishiga dakki va kamsitish kerak emas. Allohning rozili, ustozlarning duo va tavsiyalari kifoya. Niyatingizda xolis bo‘ling! Boshqa ikkinchi darajali narsalarni niyat qilmang. Oliy maqsadga intilsangiz, qolganlari o‘zi keladi. Tavhidga aloqasi ham, zarari ham yo‘q. Shirk, riyo va dunyoviy niyatlardan Alloh asrasin! Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 151 | Ta’lim va muta’allim