Magazinda ishlash

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Biz erim bilan Yaponiyadamiz. Erim talaba. Men ish izlayotgandim. Til bilmaganimiz uchun ancha muammo. Menga magazinda kassirlik qilishni taklif qilishyapti. Bu erda xaridor narsalari olib kelib, kassirga beradi, kassir hamma narsani birma-bir olib maxsus jihoz bilan narxini kompyuterga tushirib, hisobini xaridorga aytadi. Meni o‘ylantirayotga narsa halol bo‘lmagan narsalar bo‘ladi (cho‘chqa, pivo...) Shunday ishda ishlasam bo‘ladimi? Yoki halol bo‘lmagan mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni qadoqlashda ishlasamchi? Ichida cho‘chqasiyam bo‘lishi mumkin. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Harom narsa yo‘q ish izlang.

26 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar