Kundur haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Kundur haqida hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Abu Nu’aym Asbahoniyning “Tibbunnabaviy” kitoblarida imom Bayhaqiydan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Uylaringizga libon va shiyh tutatinglar” degan hadislari keltirilgan. Muhaddislar bu hadis munqati’, ya’ni sanadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ulanmagan deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:07 | Savol-javoblar | 193 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar