Turistlar va gidlar bilan savdo qilish

Assalomu alaykum! Biz turizm savdosida ishlayman. Bizga turist bilan gid(tarjimon) keladi va turist narsa xarid qiladi. Misol 100mingga keyin gid kelib 10ming olib ketadi. Rozi bo‘lib ber deydi bizga, xo‘p deb beramiz. Shu ishimiz joizmi? Ko‘p gitlar shunday qiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Gidlar bilan sizlar shartnoma tuzib olinglar. Ular turistlarni olib kelib yolg‘ondan maqtamasdan tarjima qilsa va u olib kelgan turist sizdan narsa sotib olsa, sizga etaklab kelgani uchun xizmat haqi berishingiz mumkin. Xizmat haqini o‘zingizni foydangizdan berasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:44 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar