Ko‘chada yurganda

Shayx hazratlari Hazrat uydan chiqishimi bilan Allohni zikrini aytib yo‘lga chiqaman metorga tushganda shayton yo‘ldan urib tilim zikirda bo‘lib ko‘zim ayollarning avrat joylariga tushib nafsim buzilib kelgan ketgan ayolning avratiga qarash odat tusiga kirib qoldi. Eng azoblaydigani zikrda bo‘lib Allohni yod etib shu ko‘zimni tiyolmaganimda. Shunga qanday choralar ko‘rsam bo‘ladi. Metorga tushgandan so‘ng xar tomoninga bir biridan yarim yalang‘och ayollar turgan bo‘ladi unga qarsang ham sulga qarasang ham barbir ko‘zim tushadi. Nima qilishni ham bilmay qoldim maslaxat bering.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo ko‘rib turganini, oxiratda jazolashini unitmaslikka harakat qiling.

26 May 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar